“Tolibon” Afg‘oniston ayollaridan ko‘chaga chiqmaslikni so‘radi

Olam

image

“Tolibon” ishli afg‘on ayollarini o‘z xavfsizligi uchun uylarini tark etmaslikka chaqirdi. Bu haqda “Meduza” nashri harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohidga tayanib, xabar bermoqda

“Bizning xavfsizlik xizmatchilarimizga ayollar bilan qanday munosabatda bo‘lish, qanday muloqot qilish o‘rgatilmagan. Xavfsizlik to‘liq ta’minlanmagunga qadar, biz ayollardan uyda qolishni so‘raymiz”, deydi Mujohid. 

“New York Times” gazetasi esa harakat vakilining so‘zlarini biroz boshqacha keltirgan.  

“Bizning qo‘shinlarimiz hali yaxshi tayyorgarlikdan o‘tmagan va ayollarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lishlaridan xavotirdamiz. Jangarilarimiz ayollarga zarar yetkazishini yoki ularni ta’qib qilishini istamaymiz”, deydi harakat matbuot kotibi. 

Shuningdek, “Tolibon” vakili ushbu jarayonni “vaqtinchalik protsedura”, deb ishlayotgan ayollarning maoshi “o‘z uylarida bo‘lsa ham to‘lanishiga” va’da bergan.

20 yil deganda Afg‘onistonni tark etayotgan AQSH

2001 yili Nyu-Yorkda terakt (terrorchilik harakati) amalga oshirildi. Shundan so‘ng, AQSH va u a’zo bo‘lgan NATO kuchlari Afg‘onistonga qo‘shin kiritdi. Shu bilan Amerika tarixida eng uzoq davom etgan 20 yillik afg‘on urushi boshlandi. Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi AQSH Prezidentlari ushbu urushni yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlarini olib chiqib ketish boshlandi. Bu jarayon joriy yilning 31 avgust kuni yakunlanadi. 

Afg‘onistondagi davlat to‘ntarishi

Afg‘onistonni bir yirik kuch tark etishi ortidan boshqa bir kuch — “Tolibon” mamlakat hududlarini egallay boshladi. Qayd etish kerakki, AQSH qo‘shinlarining Afg‘onistonni tark etishi oxiriga yetmay turib, “Tolibon” mamlakat poytaxtini egalladi. 15 avgust kuni Afg‘oniston Islom Respublikasini qulatgan toliblar 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing