“Tolibon” aholiga pasport berishni boshladi
Olam
−
18 dekabr 2021
6230Afg‘onistonda hokimiyat tepasida turgan “Tolibon” harakati bugun, 18 dekabr kuni fuqarolarga pasport berishni qayta tiklamoqda. Bu haqda G‘arb ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
“Tolibon” harakatining aytishicha, jarayon ertaga, 19 dekabr kuni Qobul va boshqa ba’zi joylarda boshlanadi. Hozircha faqat avval murojaat qilgan afg‘onlar pasport oladi. Shuningdek, 2022 yil 10 yanvardan yangi arizalarni qabul qilishni boshlash rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘onistonda joriy yilning avgustida "Tolibon" hokimiyat tepasiga kelganidan beri pasport berishni to‘xtatilgan edi. Oktyabr oyida esa toliblar bir muddat aholiga pasport bera boshlangan , ammo tezda texnik muammolar yuzaga kelgan edi.
Afg‘onistonda pasport berish uchun mas’ul Alam Gul Haqqoniyning aytishicha, hozirda barcha texnik muammolar bartaraf etilgan, biometrik ma’lumotlar bilan ishlaydigan uskunalar tayyor.
Shuningdek, ushbu hujjatlar Afg‘onistonda faqat chet elga sayohat qilish uchun ishlatiladi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi