Toliblar qo‘lini siqqan Bobolov Afg‘onistonga Mirziyoyevning yordamini yetkazdi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2021
14184Kecha, 14 sentyabr kuni Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston delagatsiyasi “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi.
“Hayraton” stansiyasida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev hamda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston xalqiga atalgan insonparvarlik yordamini “Tolibon” vakillariga topshirgan.
Surxondaryo viloyati hokimligining Matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu yordamni Afg‘oniston tomonidan Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihullo Mujohid, Balx viloyati gubernatori Qudratillo Abu Hamza qabul qilib olgan.
“Bugun un, yog‘, go‘sht, guruch va boshqa birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami 25 ta vagondan iborat ezgulik poyezdida Afg‘oniston Islom Amirligiga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.
Muloqot chog‘ida Irgashev va Bobolov Afg‘oniston vakillari bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, chegaraoldi savdosini rivojlantirish, Surxondaryo hamda Balx viloyatlari o‘rtasidagi qo‘shma Ishchi komissiyasi faoliyatini davom ettirish masalalarini muhokama qilgan.
LiveBarchasi