Toliblar Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirladi
Olam
−
08 Sentabr 2021
41531“Tolibon” va Afg‘oniston milliy qarshilik fronti o‘rtasidagi jang paytida mamlakatning sobiq Mudofaa vaziri Ahmad Shoh Mas’udning qabri shikastlandi.
1TV News telekanali jurnalisti Hamid Xayderning yozishicha, “Tolibon” vakillari Panjsher viloyatida 1996 yilda terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan Shimoliy alyans rahbari Ahmad Shoh Mas’udning qabrini tahqirlagan. U shikastlangan qabr suratini e’lon qildi.
Toliblar terrorchilarga qarshi kurashgan Afg‘oniston milliy qahramonining qabrini qisman vayron qilishdi. Ular hozirgi milliy qarshilik fronti rahbari Ahmad Mas’ud otasining kichkina maqbarasidagi marmar qabr toshlaridan birini butunlay sindirishgan.
Suratdan ko‘rinib turibdiki, atrofdagi hech narsa vayron qilinmagan, faqat plitadan tashqari, unga og‘ir narsa bilan urib shikastlangan.
Qarshilik tarafdorlari avval ham “Tolibon” harakatlarini tanqid qilishgan va toliblar o‘tmishni unutmaganligini aytishgan. Xuddi shu tarzda, bundan 25 yil oldin, toliblar Mozori Sharifni egallab olishganda, buldozer bilan mashhur generallardan birining qabrini vayron qilib, qoldiqlarini Amudaryoga uloqtirishgandi.
Ahmad Shoh Mas’ud – Panjsher viloyatidagi qarshilik kuchlarining yetakchisi Ahmad Mas’udning otasi. U o‘tgan asrda dastlab SSSR qo‘shinlariga, keyinroq, "Tolibon"ga qarshi kurashgan.
LiveBarchasi