Tokioda sinov musobaqalari o‘tkazilmoqda
Olam
−
20 avgust 2019 2467 1 daqiqa
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga ham 1 yildan kam vaqt qoldi. Ayni paytga kelib, nafaqat sportchilar, balki, musobaqa tashkilotchilari ham Olimpiadaga puxta hozirlik ko‘rmoqda.
An’anaga ko‘ra, har bir xalqaro federatsiya tashkilotchilar bilan kelishgan holda Olimpiadadan 1 yil avval arena va sport ob’ektlarining qanchalik tayyor ekanini ko‘zdan kechirish maqsadida sinov musobaqalarini tashkil qilishi darkor. Reglamentga ko‘ra, musobaqa istalgan tartibda o‘tkazilishi mumkin.
Misol uchun, qaysidir federatsiya yoshlar yoki kattalar o‘rtasidagi xalqaro turnirni Tokio shahrida sinov musobaqasidek o‘tkazsa, ba’zilar buning uchun maxsus turnir tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib, kunchiqar yurtda bir qator sport turlari bo‘yicha sinov musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025