Tokio aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi (video)
Olam
−
02 yanvar
7946Tokio aeroportida "Japan Airlines" aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. Bu haqda NHK telekanali xabar berdi.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, uning bortida 400 ga yaqin odam bo‘lgan, yo‘lovchilarning barchasi evakuatsiya qilingan.
Samolyot Xokkaydo prefekturasidagi Titose aeroportidan yetib kelgan. Ayni paytda uchoqning qirg‘oq qo‘riqlash samolyoti bilan to‘qnashib ketgani haqida taxminlar bor.
Favqulodda hodisa joyiga bir nechta o‘t o‘chirish mashinalari yuborilgan va yong‘inni bartaraf etishga harakat qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvardan beri Yaponiyada 150 dan ortiq zilzila sodir bo‘ldi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudaga yetdi. Yangilangan axborotlarga ko‘ra, zilziladan 48 kishi halok bo‘ldi, 50 ga yaqin kishi jarohat oldi.
LiveBarchasi