Tokio aholisi yozgi olimpiada o‘yinlarini o‘tkazilishiga qarshi

Sport

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 26-27 iyun kunlari o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra,  Tokioning 60 foiz aholisi “Tokio-2020” yozgi olimpiyada o‘yinlarini o‘tkazilishiga qarshi chiqishoqda. Bu haqda “Asaxi” gazetasi xabar berdi.

Tadqiqotda ishtirok etgan 1417 nafar tokiolikning 33 foizi olimpiada bekor qilinishi, 27 foizi qoldirilishi, 64 foiz aholi tomoshabinlarsiz o‘tkazilishi tarafdori. Faqatgina 38 foiz aholi musobaqa bu yozda o‘tkazilishi kerak deb hisoblaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil o‘tkazilishi kutilayotgan olimpiada o‘yinlarida 19 mingdan ortiq sportchi 33 xil sport turlari bo‘yicha bellashadi. Shuningdek, 300 ming xodim ish bilan ta’minlanadi.

Qayd etish kerakki, 7 may kuni O‘zbekistonning “Tokio-2020” Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan delegatsiyasi vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni boshlangan bo‘lib, bugungacha 250 nafar sportchi emlangan.

Avvalroq, kasallik tarqalishi xavfi tufayli o‘yinlarni chet ellik tomoshabinlarsiz o‘tkazishga qaror qilingani, shuningdek Shimoliy Koreya Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashmacligi haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha o‘tkazilishi kerak edi. Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga qoldirildi va 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha o‘tkaziladigan bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing