Tokio-2020: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda medallar soni bo‘yicha nechanchi o‘rinda?
Sport
−
05 avgust 2021
22268Xabaringiz bor Yaponiya poytaxti Tokio shahrida 32-yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning 206 davlatidan kelgan 10 mingdan ortiq vakil sportning 33 turi bo‘yicha bellashmoqda.
Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida Markaziy Osiyoning 5 davlati: O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistondan ham vakillar qatnashmoqda. Mintaqa davlatlari ichida O‘zbekiston 1-o‘rinda turibdi. Quyida MO davlatlarining 5 avgust holatiga ko‘ra, ko‘rsatgan natijasi haqida so‘z boradi:
- O‘zbekiston 67 nafar sportchi (2 ta oltin, 1 ta bronza)
- Qirg‘iziston 17 nafar sportchi (2 ta kumush, 1 ta bronza)
- Qozog‘iston 97 nafar sportchi (5 ta bronza)
- Turkmaniston 9 nafar sportchi (1 ta kumush)
- Tojikiston 10 nafar sportchi (medal yo‘q)
Ma’lumot o‘rnida, yakunlanishiga uch kun qolayotgan Olimpiya o‘yinlarida 33 ta oltin medal bilan Xitoy yetakchilik qilmoqda. Uning ortidan AQSH (27 ta oltin), mezbon Yaponiya (21 ta oltin), Avstraliya (17) va Rossiya (15 ta oltin) bormoqda.
LiveBarchasi