Tokio-2020. O‘zbekiston ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Sport

image

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-atlet Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi

Ayollar o‘rtasida para-yengil atletikaning nayza uloqtirish turida F13 klassida Nozimaxon Qayumova oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi 42,59 metr natija bilan birinchi bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Nozimaxon Qayumova Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga birinchi oltin medalni para dzyudochi Uchqun Quronboyev olib bergandi. U finalda ispaniyalik Serxio Banon Ibanesga qarshi tatamiga chiqib, “Golden Score”da raqibini mag‘lubiyatga uchratgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

590

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing