Tokio-2020: Asila Mirzayorova kumush medalini qo‘lga kiritdi!

Sport

image

Bugun, 27 avgust kuni Tokioda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining bir oz avval yakuniga yetgan para-yengil atletika dasturining T11 klassida ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Asila Mirzayorova delegatsiya hisobiga ikkinchi medalni qo‘shtirib qo‘ydi.

Asila Mirzayorova 4.89 metr natija ko‘rsatgan holda 2-o‘rinni egalladi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlarida birinchi medalni 100 metr masofaga batterflay usulida suzish bahsida 3-o‘rinni egallagan suzuvi Islom Aslanov olib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing