Toqqa ko‘tarilish bo‘yicha jahon chempioni baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi

Sport

image

Toqqa ko‘tarilish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni, fransiyalik Lyusi Duadi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 16 yoshli sportchi do‘stlari bilan birga uyi yaqinidagi qoyalarga chiqqan. Shunda u sirpanib ketadi va 150 metrli jarlikka qulaydi. Fransiya toqqa chiqish federatsiyasi veb-saytida berilgan bayonotga ko‘ra, hodisa tutqichlar bilan jihozlangan ikkita mashg‘ulot zonalari o‘rtasida bo‘lgan.

Duadi Tokio Olimpiadasiga kiritilgan bouldering – turli yo‘nalishda toqqa ko‘tarilish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan. 2019 yildan boshlab sportchi kattalar musobaqalarida qatnashdi. 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishi kerak edi.

Lyusi Duadi 2020 yilning noyabr oyida 17 yoshni qarshilashi kerak edi.

Fransiya tog‘ jandarmiyasi hodisa tafsilotlarini o‘rganishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing