Koronavirusni eng tez aniqlovchi test ixtiro qilindi

Olam

image

Yaponiyaning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri Shionogi bugun, 22 iyun kuni inson organizmida yangi koronavirus mavjudligini aniqlovchi dunyodagi eng tezkor testga litsenziya olganini rasman e’lon qildi. Murakkab uskunalar va professional shifokorlarni jalb qilmasdan 30 daqiqa ichida infeksiyani aniqlashga imkon beradi, deyiladi korporatsiya saytida.

Test tupuk orqali virusni aniqlashga asoslangan. Ma’lum qilinishicha, u aniqlik borasida zanjir testidan qolishmaydi.  Yangi metodologiya Nixon universiteti, Gumma universiteti va Tokio tibbiyot universitetining qo‘shma tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

Shionogi, birinchi navbatda, chet eldan Yaponiyaga kirib kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish uchun yangi testdan foydalanishni taklif qilmoqchi.

Pandemiya boshlangandan beri dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 9 milliondan oshdi. Yaponiyada ushbu kasallikka qariyb 18,6 ming kishi chalindi, 970 bemor vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus test

Baholaganlar

297

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar