Qirg‘iz-tojik chegarasida janjal. Odamlar namoyishga chiqdi
Olam
−
15 yanvar 2020
7236Bugun, 15 yanvar kuni Bishkekning markaziy Ala-Too maydonida namoyishchilar yig‘ildi. Ular Tojikiston bilan chegarada mojarolarning oldini olishni talab qilishgan. Namoyishchilar shuningdek, harbiy blokini boshqaruvchi Bosh vazir o‘rinbosari Jenish Razakovning iste’fosini va qo‘lga olinganlarni zudlik bilan ozod qilishni talab etishgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Joriy yilning 10 yanvar kuni Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘i atrofida noma’lum shaxslar chegara punktiga kelgan qirg‘izlarning uylari va mashinalariga tosh otishgan. Chegarachilarga nisbatan esa kichik kalibrli quroldan foydalanib, qarshilik ko‘rsatishgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q Tojikiston tomonidan otilgan, ammo rasmiy Dushanbe voqeani qirg‘iz tomoni qo‘zg‘atganini iddao qilmoqda. Tojikiston chegara qo‘shinlarining ta’kidlashicha, kechasi qirg‘iz tomoni Isfara ichki ishlar boshqarmasi xodimining mashinasiga qarata o‘q uzgan. Shanba kuni o‘sha hududda ikki davlatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida otishma bo‘lgan. Oqibatda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilishgan. Bezorilik va tartibsizliklarda ishtirok etishda ayblanib, Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari tomonidan Batken viloyatining to‘rt nafar fuqarosi hibsga olingan.
Aytish mumkinki, chegaraning qirg‘iz-tojik qismi aynan qayerdan o‘tganligini aniqlab bo‘lmaydigan hududlar sabab ushbu zonalar vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi yoki ikki mamlakat chegarachilari o‘rtasidagi ziddiyat maydoniga aylanadi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr