Tog‘-kon va geologiya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Prezident qarori bilan Omonullo Nasritdinxodjayev tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, u prezidentning iqtisodiy sohalarni rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lib ham ishlagan. Italiyadagi Bocconi va Garvard universitetlari biznes maktablari bitiruvchisi.
Shuningdek, A’zam Qodirxo‘jayev tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari bo‘ldi. 

Qodirxo‘jayev 2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bunga qadar Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi bo‘lib ishlagan Azizxo‘ja Qobilov ham tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Qolaversa, Shamsiddin Alimov esa boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing