TXKMRM klinikasiga bosh vrach tayinlandi

Jamiyat

image

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari va markaz klinikasi bosh vrachi tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Cog‘liqni saqlash vazirining bugun, 23 noyabrdagi tegishli buyrug‘iga asosan Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan Shuhrat Abdullayevich Xudoyberganov Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi direktorining davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari — markaz ko‘p tarmoqli klinikasi bosh vrachi lavozimiga tayinlangan. 

Tibbiyot fanlari nomzodi Shuhrat Xudoyberganov faoliyati davomida Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida xirurg-shifokor, katta ilmiy xodim, bo‘lim mudiri, shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimlarida mehnat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar