TIVda o‘zgarish. Vazirlik bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi
Jamiyat
−
28 fevral 2022
9124Tashqi ishlar vazirligining tarkibiy bo‘linmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni vazir Abdulaziz Komilov raisligida bo‘lib o‘tgan TIVning kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Bahodirovich Ibragimov (ilgari O‘zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlangan.
Sarvar Xamitjonovich Mirzarahimov (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan) esa Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Shuningdek, Umid Shuhratovich Akromov (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) Iqtisodiy ta’minot bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.
LiveBarchasi