TIV Meksikada o‘g‘irlangan 7 nafar o‘zbekistonlik bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq Meksikada huquq-tartibot xodimlari bir guruh bosqinchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 7 nafar o‘zbekistonlikni qutqargani haqida xabar berilgandi. Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy axborot berdi.

“Shu kunlarda qator ommaviy axborot vositalarida Gomes-Palasio shahrida (Meksika) yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olingani to‘g‘risida ma’lumot tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi zudlik bilan Meksikaning AQSHdagi elchixonasi, Migratsiya milliy instituti va ushbu mamlakatning boshqa muassasalari bilan muzokaralar olib bordi”, deyiladi TIV xabarida.

Qayd etilishicha, hozirga qadar 7 nafar o‘zbekistonlik qo‘yib yuborilgan va xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilgan. Ularning hayotiga hech qanday tahdid yo‘q. Barcha fuqarolarning shaxsi aniqlangan.

Meksikalik hamkorlar bilan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing