TIV AQSHga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantirdi

Jamiyat

image

AQSHga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga kirish uchun qo‘yilgan talablardan xabardor bo‘lishi kerak, deb ogohlantirmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 8 noyabridan boshlab AQSHga kiruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari AQSHga jo‘nab ketayotgan samolyotga chiqishlaridan oldin COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishlari shart.

Shuningdek, AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi tomonidan tasdiqlangan yoki ruxsat etilgan, shuningdek, JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan vaksinalar Qo‘shma Shtatlarga kirish uchun maqbul deb hisoblanadi.

Bu cheklovlar quyidagilarga taalluqli emas:

  • immigratsiya vizasi mavjud shaxslarga;
  • diplomatik va rasmiy kanallar orqali AQSHga tashrif buyuradiganlar;
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga. 

Qo‘shimcha ma’lumotlarni AQSHning Toshkentdagi elchixonasi saytida olish mumkin.

Shu munosabat bilan Vazirlik AQSHga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yuqoridagi talablarni inobatga olishni tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

378

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing