Tirannozavr skeleti auksionda rekord narxda sotildi

Olam

image

Kecha, 6 oktyabr kuni AQSHda tirannozavrning skeleti (taxminan 67 million yil oldin Yerda yashagan yirtqich) kimoshdi savdosida 31,8 million dollardan ortiqqa sotildi.Bu haqda Christie's auksion uyi saytida xabar berilgan. 

"Christie's savdo-sotiq bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Sten nomli tirannozavr 31 847 500 dollarga sotildi", deyilgan xabarda. 

Shuningdek, uning taxminiy qiymati 6-8 million dollar bo‘lgani ta’kidlangan.

Bu 188 suyakdan iborat bo‘lgan eng to‘liq va yaxshi saqlanib qolgan tirannozavr skeletlaridan biridir. Uning parchalari 1987 yilda Janubiy Dakotada havaskor paleontolog Sten Sekrison tomonidan olib borilgan qazishmalar paytida topilgan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tirannozavrning vazni 7-8 tonnani tashkil qilgan. Bu Afrika filidan qariyb ikki baravar og‘ir degani. Tishlarining uzunligi 27 smdan oshgan. 

Ma’lumot uchun, hozirga qadar 1997 yilda sotilgan tirannozavr rekord natija qayd etib turgandi. O‘sha yilda Chikagodagi Filda muzeyida tirannozavr skeleti 8,36 million dollarga sotilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing