“Time” O‘zbekistonni 2022 yilning eng sayohatbop davlatlari ro‘yxatiga kiritdi
Bu qiziq
−
14 iyul 2022
7868Amerikaning “Time” jurnali 2022 yil uchun “Dunyoning eng zo‘r joylari” ro‘yxatini taqdim etdi. Ro‘yxatdan jami 50 ta mamlakat joy olgan, ularning ichida O‘zbekiston ham bor.
Nashr Sovet Ittifoqidan mustaqil bo‘lganiga 30 yil bo‘lgan O‘zbekistondagi yangi loyihalar va ochilishlar xorijiy sayohatchilarga Markaziy Osiyo mamlakatini yanada qulayroq o‘rganish imkonini berishini urg‘ulagan.
“2011 yilda ochilgan tezyurar poyezdlar tarmog‘i hozirda Xivaning qadimiy Ipak yo‘li bekatigacha kengaytirilmoqda, bu esa poytaxt Toshkentdan UNESCO'ning Butunjahon merosi ob’ektlariga sayohat qilishni osonlashtiradi. Ipak yo‘lining yana bir shahri Samarqandda joriy yilda kitobga o‘xshash yangi aeroport terminali ochildi”, deyiladi nashrning O‘zbekistonga keltirgan ta’rifida.
Shuningdek, joriy yilning kuzida ochiladigan 640 gektar maydonda joylashgan va Samarqand eshkak eshish kanalini o‘z ichiga olgan “Ipak yo‘li Samarqand” majmuasi ham tilga olingan. Kompleks tarkibiga 22 qavatli “Samarkand Regency Amir Temur” nomli dunyoning yetakchi mehmonxonasi va yana yettita mehmonxona kiradi.
LiveBarchasi