Tim Kuk yangi iPhone, iPad va Apple Watch’ni taqdim qildi (foto)

Texnologiya

image

14 sentyabr kuni AQSHning Apple kompaniyasi o‘zining navbatdagi mahsulotlarini namoyish qildi. 

Kompaniya bosh direktori Tim Kuk dastlab, yangi iPad planshetini ommaga ko‘rsatdi:

Фото: apple.com
 •  planshet ish faoliyatini yaxshilash uchun A13 chipiga ega. Bu esa unga har qanday Android planshetidan olti barobar tezroq bo‘lish imkonini beradi; 

•  Yangi iPad 12 megapikselli keng burchakli old kameraga ega;

•  planshetlarda Apple Pencil qalami va klaviaturadan foydalanish imkoniyati bor; 

•  narxi: 329 AQSH dollaridan boshlanadi; 

•  mavjud ranglar: kosmik kulrang va kumush.

Bundan tashqari, iPad mini ham taqdim etildi. 

•  Qurilma binafsha, yulduz nuri (oltin) va kosmik kulrang va pushti ranglarda ishlab chiqariladi. Protsessor 40 foizga tezlashdi. Bu onlayn o‘yinlar o‘ynashni osonlashtiradi.

•  Old kamera, yangilangan iPad kabi – 12 MP, keng optikali. Shuningdek, ushbu qurilmada yangi stereo karnaylar hamda besh xil rangdagi g‘iloflar ham mavjud.

•  iPad mini Lightning kabelidan voz kechdi va endi USB-C’ga ega. Shuningdek, yangi qurilmada 5G aloqa standarti ham paydo bo‘ldi.

•  iPad mini’ning narxi 499 dollardan boshlanadi. Kelasi hafta AQSHda sotuvga chiqariladi.

Apple’dan keyingi mahsulot Apple Watch Series 7 bo‘ldi. 

•  Ushbu mahsulotning tanishtiruvi Apple Watch Series 7’ning velosipedchilar uchun afzalliklarini tasvirlashdan boshlandi.

•  Ta’kidlanishicha, Apple Watch’ning ekrani 20 foizga kattalashgan.

•  Apple Watch Series 7 Series 6 ga nisbatan 33 foizga tezroq quvvat oladi. Zaryad quvvati esa 18 soatga yetadi. 

•  Shuningdek, ushbu qurilma bilan suzish, hatto, 50 metrgacha chuqurlikka sho‘ng‘ish mumkin. 

•  Apple Watch Series 7’ning narxi 199 dollardan 399 AQSH dollarigacha.

Apple taqdimotidagi navbatdagi mahsulot iPhone 13, 13 mini bo‘ldi. 

•  Qurilma A15 bionic protsessoriga hamda ikkita kameraga ega. 

•  Shuningdek, iPhone 13 besh xil rangdagi korpus va suv o‘tkazmaydigan shisha bilan qoplangan. 

•  Bundan tashqari, iPhone 13’ning quvvati 12’ga qaraganda 2,5 soatga ko‘proq ishlaydi. 

•  iPhone 13 799 dollardan, 13 mini esa 699 dollardan boshlab sotuvga chiqariladi. 

Apple taqdimotida iPhone 13 Pro va Pro Max haqida ham unutishmadi. 

iPhone 13 Pro’ning quvvati avvalgi versiyalariga qaraganda 1,5 soat, Pro Max’ning quvvati esa 2,5 soat ko‘proqqa yetadi.

Displey o‘lchamlari 6,1 i 6,7 dyuymga ega. 

Qayd etilishicha, narxlarni belgilashda inflyatsiya hisobga olingan: iPhone 13 Pro 999 dollar, Pro Max esa 1099 AQSH dollariga teng.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

671

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing