Tillashayxov Olmazor tumaniga hokim bo‘ladi

Jamiyat

image

Avvalroq Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahri hokimiga o‘rinbosar etib tayinlanishi haqida xabar bergan edik. Uning o‘rniga Hojiakabar Tillashayxov tuman hokimi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Hojiakbar Kamoliddinovich Tillashayxov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti (kunduzgi) , 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan.

2016 yilda “Ipak yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Sag‘bon filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2016−2017 yillarda Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Hojiakbar Tillashayxov 2018 yil iyuldan 2020 yil avgustigacha Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

547

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing