TikTok’dan foydalanish tartibi o‘zgartiriladi

Olam

image

TikTok noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqalishiga qarshi kurashish uchun yangi xususiyatni ishga tushirmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqning xizmat bo‘limida ma’lumot berilgan.

Qayd etilishicha, agar videodagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish imkoni bo‘lmasa, video “tasdiqlanmagan material” sifatida belgilanadi.

“Agar TikTok foydalanuvchisi “tasdiqlanmagan material”ni boshqalar bilan baham ko‘rishga harakat qilsa, kontent tasdiqlanmaganligi haqida ogohlantirish beriladi. Shu orqali foydalanuvchiga yana bir bor o‘ylab ko‘rishga imkon yaratiladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yangi funksiya sinovdan o‘tkazilgan. Natijalarga ko‘ra, “tasdiqlanmagan materiallar”ga layklar soni 7 foizga, baham ko‘rishlar soni 24 foizga kamaygan.

Bugun, 3 fevral kuni AQSH va Kanadada ishga tushirilgan ushbu yangi funksiya butun dunyo bo‘ylab ham bir necha hafta ichida ishlay boshlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

424

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing