TikTok'dagi “ZO‘R DANCE – BEELINE CHALLENGE” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Biznes

image

“Beeline Uzbekistan” natijalarni sarhisob qildi va “ZO‘R DANCE – BEELINE CHALLENGE” tanlovi g‘oliblariga sovg‘alarni topshirdi!

Tanlov kompaniyaning rasmiy TikTok sahifasida boshlangan. Unda ishtirok etish uchun “ZO‘R” qo‘shig‘iga kreativ raqsbop video suratga olish va #beelinechallenge xeshtegidan foydalanib, TikTok'dagi shaxsiy sahifaga joylashtirish kerak edi. Layklar va ko‘rishlar bo‘yicha TOP-200 eng yaxshi videolar orasidan 45 ta g‘olib uchun “Huawei”dan o‘nlab ajoyib va har doim kerakli devayslar tayyorlandi.

Ikki hafta davomida tanlovda O‘zbekistonning turli hududlaridan 400 ga yaqin ishtirokchi TikTok'dagi ijodiy va qiziqarli videolari bilan qatnashdilar. Shulardan 45 ishtirokchi TikTok va Facebook'dagi “Beeline Uzbekistan” rasmiy sahifalarida tasodifiy raqamlar generatori yordamida tanlab olindi.

"Bu qiyin, ammo juda qiziqarli jarayon edi. Biz “Huawei” bilan birgalikda amalga oshirgan bu turdagi birinchi yirik loyiha. Doimiy qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik uchun bu kompaniyaga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. Biz tanlovga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rganmiz va natijalardan mamnunmiz. Videolar antiqa edi va ularning ko‘pchiligida yoshlar chindan harakat qilgani sezilib turardi. Rostini aytsam, bunday qiziqish va shuncha iqtidorli videolar bo‘ladi, deb kutmagan edik. Loyihaning muvaffaqiyati raqamlar bilan tasdiqlanadi – “ZO‘R DANCE” tanlovi davomida #beelinechallenge xeshtegi deyarli 25 million marta ko‘rilgan. Bu uning reytingining juda yaxshi ko‘rsatkichidir. Ajratilgan vaqt va e’tibor uchun barcha ishtirokchilarga tashakkur bildiramiz! Ishonchim komilki, bunday tanlovlar va sovg‘alar har bir g‘olib uchun yaxshi motivatsiya, yangi yutuq va g‘alabalarga intilish bo‘ladi!”, deb izohlaydi “Beeline Uzbekistan”ning marketing bo‘yicha direktori v.b. Abdulaziz Mansurov.

Tanlov natijalarini sarhisob qilib va “Huawei”ning zamonaviy gadjetlari bilan taqdirlash uchun g‘oliblar kompaniyaning Toshkentdagi bosh ofisiga taklif qilindi. Tanlovga yuborilgan eng yaxshi videolar mehmonlarga namoyish etildi. Spikerlarning ta’kidlashicha, bunday tanlovlarni o‘tkazish – bu o‘zini namoyish etish, shuningdek, yoshlar bilan tanishish, yangi TikTokerlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

“Huawei” nomidan g‘oliblar va ishtirokchilarni “ZO‘R DANCE – BEELINE CHALLENGE” loyihasining muvaffaqiyatli yakunlanishi bilan tabriklayman. “Beeline Uzbekistan” yosh iste’dodlar o‘z ijodiy g‘oyalarini ifoda etish va ularni rivojlantirish uchun raqamli dasturlar va mobil aloqa imkoniyatlaridan foydalanish qanday foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadigan ajoyib platformani yaratdi. Biz ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlaganimizdan xursandmiz va O‘zbekistonning AKT infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikka umid qilamiz”, dedi “Huawei” kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori o‘rinbosari Chju Szunlyan.

Uzoq kutilgan tantanali lahzalar. Bayramona muhitda qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi, ya’ni:

– 15 ta 1-o‘rin egalariga Huawei P40 smartfoni va Huawei MediaPad T10 planshetlari sovg‘a qilindi;
– 2-o‘rinni egallagan 15 nafar g‘oliblarga Huawei P40 Lite smartfoni va Huawei GT2 aqlli soati topshirildi;
– 3-o‘rinning 15 ta egasiga Huawei P40 Lite smartfoni nasib etdi.

G‘oliblar o‘zlarining taassurotlari va quvonchlari bilan bo‘lishishdi.

Dilshoda Rustamjonova – 1-o‘rin sohiblaridan biri:

“Bu qiziqarli va juda muvaffaqiyatli tanlov bo‘ldi. Unda ishtirok etish menga yoqdi. G‘oliblar qatoridan joy olaman deb kutmagan edim, lekin umid qilganman, albatta. Bunday yaxshi va zavqli chellenj uchun “Beeline”ga rahmat. Sizga kelajakda muvaffaqiyatlar tilayman va bunday tanlovlar yanada ko‘proq bo‘lishini istayman”.

O‘lmas Mirzayev – 2-o‘rin sohiblaridan biri:

“Musobaqa umuman ajoyib tarzda o‘tdi. Videoni suratga olish oson kechdi, chunki qiyin shartlar bo‘lmagan. Men 1-o‘ringa loyiq ko‘plab videolarni ko‘rdim. G‘alabamga ishondim va bu sodir bo‘ldi. Taqdirlash marosimi butun tadbirning eng yaxshi qismlaridan biri. Barchani birlashtirdi va yangi tanishuvlar uchun imkoniyat bo‘ldi. Hammasi yuqori saviyada o‘tdi. Aytgancha, men ilgari “Beeline” haqida ko‘p bilmas edim, ammo tanlovdan so‘ng kompaniyaning abonenti bo‘lishga qaror qildim. Internet cheklanishlarsiz ishlaydi va menga “Qadamlar uchun Giglar” aksiyasi juda yoqadi.”

Kim Aleksandra – 3-o‘rin egalaridan biri:

“Menga ham “Beeline”dan tanlov juda yoqdi! Unda qatnashish qiziq bo‘ldi. TikTok'da raqs videosini suratga olishda opam yordam berdi, bu oson va qiziqarli bo‘ldi. G‘oliblar ro‘yxatida o‘zimni ko‘rganimdan hayratlandim va xursand bo‘ldim. Men shunchaki yangi telefon haqida orzu qilardim. Va “Beeline” mening orzuimni amalga oshirdi. Bunday ajoyib tanlov va super sovrinlar uchun tashkilotchilarga rahmat! “Beeline” va “Huawei” kompaniyalariga farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman!”

Hozirgi kunda “Beeline Uzbekistan” yangi qiziqarli kreativ loyihalarni amalga oshirish va ishga tushirish bo‘yicha qizg‘in ishlar olib bormoqda. Yangiliklarni kuzatib boring!

***
"Unitel" MCHJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan-da 1.6 mingdan ortiq xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.

Twitter'da bizni kuzating.

Linkedin'da bizga obuna bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

15

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing