TikTok 2021 yilda eng ko‘p kirilgan platformaga aylandi
Texnologiya
−
23 dekabr 2021 5330 1 daqiqa
Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli TikTok ijtimoiy tarmog‘i 2021 yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan resurs deb topildi. "The Wall Street Journal" nashrining internet trafikini nazorat qiluvchi "Cloudflare" kompaniyasiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, TikTok 2020 yil yetakchisi bo‘lgan Google'ni ortda qoldirgan.
Kompaniya olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, Xitoy kompaniyasining qisqa videolarni ko‘rish va yaratish platformasi ilk bor joriy yilning fevral oyida tashrif buyuruvchilar soni bo‘yicha birinchilikni egallagan va pastlashlardan keyin avgust oyidan boshlab birinchi o‘rindan tushmay kelyapti. O‘tgan yili bu ijtimoiy tarmoq ro‘yxatda yettinchi o‘rinda edi.
Bu yilgi ikkinchi o‘rinni Google, uchinchi o‘rinni esa Facebook ijtimoiy tarmog‘i egalladi.
Ma’lumot uchun, TikTok – Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli bo‘lgan qisqa videolarni yaratish va ko‘rish uchun moslashtirilgan dastur hisoblanadi. U 2018 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, Xitoyda qisqa video ilovalar bo‘yicha yetakchiga aylandi va hozirda butun dunyoda mashhurlikka erishgan.
Munira Tursunova
Live
Barchasi