Tixanovskaya to‘xtamoqchi emas: u G‘arb bilan doimiy aloqada

Olam

image

Belarus muxolifatining yetakchisi Svetlana Tixanovskaya G‘arb davlatlari rahbarlari, shu jumladan AQSH Prezidenti Jozef Bayden ma’muriyati bilan aloqalarni doimiy ravishda olib borishini aytdi. U bu haqda jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda uning Amerika rahbari bilan uchrashishiga xalaqit beradigan yagona narsa – bu Qo‘shma Shtatlardagi koronavirus tufayli o‘rnatilgan karantin. Shuningdek, u chet el rahbarlari bilan ingliz tilida bemalol muloqot qilish imkoniyatiga ega ekanligini va uchrashuvlar chog‘ida ularga belaruslar hokimiyat tomonidan ta’qib etilishi sababli boshdan kechirgan “ozgina dardini»” yetkazishga harakat qilayotganini ta’kidlagan.

Tixanovskaya Belarusda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining bekor qilinishi va Yevropaning Prezident Aleksandr Lukashenko rejimiga bosimini g‘alaba deb bilishini qo‘shimcha qilgan.

“Xalqaro hamjamiyat biz bilan, hech bo‘lmaganda ba’zilari Belarusda sodir bo‘layotgan voqealarga ko‘z yummaydi va bu yerda inson huquqlari juda muhim”, deydi prezidentlikka sobiq nomzod. 

Shu bilan birga, u Belarus elitalariga qarshi sanksiyalar yanada kattaroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing