Tixanovskaya AQSHga boradi. Uning Jo Bayden bilan uchrashishi kutilmoqda

Olam

image

Belarus Prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya AQSHga tashrif buyuradi. Uning Qo‘shma Shtatlarda Prezident Jo Bayden bilan uchrashishi kutilmoqda. Muxolifat yetakchisi bu haqda Jenevadagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. Uning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.

Tixanovskayaning aytishicha, u avvalroq Amerikaning Belarusdagi elchisi bilan suhbatlashgan. Uning Vashingtonga tashrif buyurish ehtimoli bor. Ammo koronavirus pandemiyasi unga xalaqit berishi mumkin. Tixanovskaya bunday tashrifning ehtimoliy vaqtini e’lon qilmadi, ammo Bayden bilan uchrashishni kutayotganini aytdi. Muxolifat etakchisi “Vashington [Belarusdagi] inqirozni muayyan darajada hal qilishda allaqachon ishtirok etganini” ta’kidladi.

Prezidentlikka sobiq nomzod, shuningdek, yaqin oylarda Belarusga qaytishga umid qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muxolifat sentyabr yoki oktyabr oylarida yangi saylovlar o‘tkazilishiga erishmoqchi.

Olti oydan ko‘proq vaqtdan beri Belarusda Prezident Aleksandr Lukashenkoning iste’fosini talab qilgan namoyishlar davom etmoqda. Saylov natijalaridan norozilarning harakatlari huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan keskin bostirilmoqda. O‘n minglab odamlar hibsga olingan, ularning ko‘plari izolyatorlarda qiynoqqa solish va kaltaklash holatlari kuzatilayotganini qayt etgan. Xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvda jami to‘rt kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

131

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing