Tibbiyot yo‘nalishida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar qancha ball to‘plashi kerakligi aytildi

Jamiyat

image

2022/2023 o‘quv yilida tibbiyot yo‘nalishida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekistonga o‘qishni ko‘chirish uchun 129 ball to‘plash talab etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022/2023 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar my.dtm.uz tizimi orqali qabul qilinadi.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15 iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Jumladan, tibbiyot yo‘nalishida bu yil xorijiy yoki nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish uchun talaba 129 ball to‘plashi talab etiladi.

O‘tish ballidan past natija to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalar safiga qo‘shiladi.

Xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing