Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish mexanizmi joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
 
Unga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish va sog‘liqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.
 
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan:

•  tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi;
•  tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish tartibi;
•  akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
•  akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash), tugatish tartibi;
•  akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tartibi;
•  akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi xizmatlariga haq to‘lash tartibi;
•  akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish tartibi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tashkil etiladi, shuningdek akkreditatsiyadan o‘tgan sog‘liqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va texnik ekspertlar reyestri shakllantiriladi.
 
“Sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish” axborot kompleks tizimi 2022 yil 1 yanvarga qadar shakllantiriladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

•  akkreditatsiyadan o‘tkazilgan tibbiyot tashkilotlarining elektron bazasini;
•  Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazadigan mustaqil ekspertlar va texnik ekspertlar reyestrini.


Akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun murojaat qilishdan oldin tibbiyot muassasasi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan o‘zini o‘zi baholaydi. Akkreditatsiyadan o‘tish uchun tibbiyot tashkilotlari DXM yoki YAIDXP orqali elektron shakldagi arizani taqdim etadi. Bunda 2 BHM miqdorida to‘lov to‘lanishi lozim. Bundan tashqari, o‘zini o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun tuzilgan shartnomada belgilangan narxning 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak to‘lovi to‘lanadi.
 
Tibbiyot muassasasi hududida tashqi kompleks baholashni o‘tkazish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Shartnomada belgilangan to‘lovning qolgan qismi to‘langanidan keyin reglamentga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

17

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing