Tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi – “Toshshahartransxizmat”

Jamiyat

image

Avvalroq, respublika bo‘ylab hududlararo harakat qiluvchi va jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati joriy yilning 17 avgustidan boshlab qayta tiklanishi haqida xabar bergan edik.

“Toshshahartransxizmat”AJ axborot xizmati poytaxtda jamoat transporti harakati tiklanishi yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, harakat vaqtida sanitariya-epidemiologik orastalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qat’iy nazoratga olinadi. Har kuni yo‘nalishga chiqish oldidan haydovchi va chiptachining tana harorati tibbiy me’yorda bo‘lgan holda, tibbiy niqob va qo‘lqop bilan ta’minlanib ish faoliyatiga ruhsat beriladi.

Yo‘nalishga chiqish oldidan “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi har bir avtosaroyda barcha avtobus to‘liq dezinfeksiya qilinadi. Qolaversa, har bir yo‘nalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan o‘tkaziladi. 

Xabarda aytilishicha, sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti faoliyati joriy yilning 22 martidan taqiqlanib, 8 iyundan qayta ruxsat berilgan edi. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlashgach, 10 iyul sanasidan boshlab barcha jamoat transportlari va avtotransport vositalarining harakati yana cheklandi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing