Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (Agentlik) va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Agentlik keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.

Agentlik direktori va uning o‘rinbosarlari Prezident bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Farmon bilan quyidagilar Agentlik tizimiga o‘tkazildi:

  • “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun hududiy reabilitatsiya markazlari;
  • urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy va pansionatlar;
  • Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
  • Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi;
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi; 
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi.

Farmonga ko‘ra, 35 ta muassasada 428 milliard so‘mlik qurilish-rekonstruksiya ishlarini olib borish va ularni 40 milliard so‘mlik jihozlar va texnika bilan ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

29

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing