“The Economist” O‘zbekistonni Rossiyaga “ulfat” davlatlar qatoriga kiritdi

Olam

image

“The Economist”  jurnalistlari birdaniga 11 parametrni hisobga olgan holda Rossiya ittifoqchilari reytingini tuzdi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, u yoki bu yo‘l bilan 30 ga yaqin davlatni Rossiyaga xayrixohlar va yordam beruvchilar ro‘yxatiga kiritish mumkin, ammo aniq liderlar soni 10 ta. 

“The Economist” Belarusni birinchi o‘ringa qo‘ydi. 

“Hozirda ikkala davlat ham haqiqiy ittifoq davlati, mini-SSSR yaratish sari shiddat bilan bormoqda”, deb yozadi G‘arb ekspertlari Minskka Rossiya bilan mumkin bo‘lgan 11 ittifoq nuqtasidan 11 ballni berib. 

Nashr Armanistonni Moskva ittifoqchilari orasida ikkinchi o‘ringa qo‘ydi (9 ball). Uchinchi o‘rinda – Qirg‘iziston (8 ochko). To‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘rinlar Eron, Tojikiston, Qozog‘iston (6 ball)ga tegishli. Yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni Suriya, Xitoy va Venesuyela (har biri 5 ochkodan) bo‘lishib turibdi. Rossiya ittifoqchilari reytingida Nikaragua, Hindiston va O‘zbekiston 4 ochkoga ega va ro‘yxatni O‘zbekiston yakunlab bergan. 

Indeksda Rossiyaning qo‘llab-quvvatlashi yoki majburlash imkoniyatining uchta toifadagi 11 ta ko‘rsatkichi hisobga olingan. 

Diplomatik. Mamlakat BMTning asosiy rezolyutsiyalarida Rossiyaga qarshi ovoz berdimi, betaraf qoldimi yoki Rossiyani qo‘llab-quvvatladimi?

Harbiy. Mamlakatning Rossiya bilan rasmiy hamkorlik shartnomasi bormi? Mamlakatda rus qo‘shinlari yoki yollanma harbiylar bormi? Urush boshlanganidan keyin u Rossiyaga qurol yetkazib berganmi? Bu davlat Rossiya qurollariga bog‘liqmi? Urush boshlanganidan beri Rossiya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdimi?

Energiya va iqtisodiy. Mamlakat Rossiya gaziga, atom elektr stansiyalariga yoki yadro texnologiyasiga bog‘liqmi? Rossiyaning ulushi umumiy savdoning 10% dan oshadimi? Urush boshlanganidan beri Rossiyaga eksport oshdimi?

Nashrning qayd etishicha, indeks har bir davlatning diplomatik pozitsiyasining nuanslarini aks ettirmaydi, u faqat davlatlar Rossiyaga nisbatan o‘z pozitsiyasini qanday tanlashi va ular majburlashda zaif bo‘lishi mumkinligi haqida umumiy baho beradi. 

Ro‘yxatdagi eng yuqori indeks ballarini olgan mamlakatlarning yarmi Armaniston, Belarus, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘iston kabi siyosat, tarix va geografiyada asosan Rossiya bilan bog‘langan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing