Tezlikni 70 dan oshirgan 65 nafar baykerga chora ko‘rildi

Jamiyat

image

Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan “Mototsikl” reyd tadbiri o‘tkazildi. Unda 20 dan ortiq mototsikllar to‘xtalib, 8 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Beshta mototsikl jarima maydoniga qo‘yilgan bo‘lsa, uchta davlat raqam belgilarini yashirish holati aniqlangan. 

IIBBning qayd etishicha, 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida fotoradarlarga joriy yilning yoz oyi boshidan buyon 65 ta mototsikllar tomonidan tezlikni meyoridan oshirish holati aniqlangan. Achinarlisi bularning hammasi aholi yashash joyida ya’ni 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 110 km/soat tezlikdan ortiq, 140 dan 166km/soat tezlikkacha harakatlanganlar.

Misol uchun, joriy yilning 6 avgust kuni Yuqorichirchiq tumanidan o‘tuvchi «Bektemir-Chorbog‘» avtomobil yo‘lining 16 kilometrida Honda rusumli mototsikl 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 166 km/soat tezlik bilan harakatlangan bo‘lsa, 10 iyul kuni ushbu avtomobil yo‘lining 34 kilometrida Suzuki rusumli mototsiklda 146 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Ushbu mototsikl haydovchilariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128-moddasi 3 qismiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 9 barobarida jarimalar belgilanib, jarima qarorlari yashash manzillariga jo‘natilgan.


Maqola muallifi

Teglar

bayker

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar