Tezlik yoki ichkilik? O‘zbekistondagi YTHlarga nima sabab bo‘lyapti?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning uch oyida 1469 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan, 39 tasi o‘limga sabab bo‘lgan. Bu haqda bugun, 13 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade ma’lum qildi.

“Yo‘l-transport hodisalari butun dunyo bo‘ylab bolalar va yoshlar salomatligi borasidagi jiddiy muammo hamda o‘lim, jarohatlar va nogironlikning asosiy sababi bo‘lib qolmoqda. Har kuni dunyoda 3000 ga yaqin bolalar va yoshlar yo‘llarda halok bo‘ladi yoki og‘ir jarohatlar oladi. Bu o‘limlarning oldini olish mumkin,” deydi Munir Mamedzade.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 1469 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ulardan 204 tasi bolalar ishtirokida sodir bo‘lgan, 39 tasi o‘lim bilan tugagan. Qurbonlarning aksariyati o‘smirlardir. 

Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari:

•  tezlikni oshirish (455 ta); 
•  yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik (110 ta); 
•  zarur infratuzilmaning yo‘qligi (250 ta); 
•  piyodalar o‘tish joyining yo‘qligi (804 ta) sabab bo‘lgan.

Qayd etilishicha, oqilona sarmoya evaziga yo‘l-transport hodisalarining to‘liq oldini olish mumkin. Quyidagi chora-tadbirlar yo‘l-transport hodisalarida bolalar o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga ko‘mak beradi:

         • yo‘l harakatining barcha qatnashchilari, jumladan, o‘smirlar va yoshlar uchun qonunlar ijrosini ta’minlaydigan milliy qonunchilik va siyosatni mustahkamlash;

         • infratuzilma va avariyadan keyingi xizmatlar;

         • maktab hududini yaxshilash dasturlari va maktab hududida yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar tizimini ishlab chiqish;

         • yangi haydovchilarga haydovchilik guvohnomalarini berishning ishonchli tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

         • maktab o‘quvchilari uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

         • aholi xabardorligini oshirish bo‘yicha samarali tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

         • fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing