O‘zbekistonda barcha o‘quv muassasalari 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tadi
Jamiyat
−
12 dekabr 2019
17667O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga muvofiq, bir oy muddatda yoshlar o‘rtasida mamlakatning madaniy merosini ommalashtirish, tarixiy obidalarni tanitishga, shuningdek, ajdodlar tomonidan to‘plangan madaniy merosni asrab avaylash, uni o‘sib kelayotgan avlod tarbiyasiga ta’sirini oshirish borasidagi jamoatchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat grant tanlovlarini tashkil qilishga doir takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasiga kiritadi;
O‘zbekistonda turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish, ularning say’i-harakatlarini turizm sohasidagi islohotlarga safarbar etish hamda yoshlar turizmini rivojlantirish maqsadida yoshlar turizmi bo‘yicha jamoat birlashmalarini tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oylik muddatda ichki turizmni rivojlantirish doirasida o‘quvchi va talabalar hamda ularning ota-onalari sayohatlarini samarali tashkil etish maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘qish tizimini joriy etish hamda turizm mavsumini uzaytirish maqsadida yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobidan qishgi ta’til davrini uzaytirish bo‘yicha taklif ishlab chiqadi va kiritadi.
Shahnoza To‘ramurotova
LiveBarchasi