Tezkor! O‘zbekistonda yana kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10-16 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Erondan iliq va nam havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometerologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 11-16 martda respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

11 martda esa Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.

12 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi.

13 martda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.

14 martda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 15-16 martda esa Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarida kuchli yomg‘ir yog‘adi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. 10-16 martda respublikaning ayrim joylarida shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

•  10 mart va 13-16 martda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida 17-22 m/s gacha;

•  11-12 mart va 15-16 martda Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha, momaqaldiroq paytida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing