Tezkor: O‘zbekistonda niqob taqish bilan bog‘liq talab yengillashtirilishi kutilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari qayta ko‘rib chiqilmoqda. Mamlakatda niqob taqish borasida belgilangan qoidalar yengillashtirilishi kutilmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakat Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etib, koronavirus bilan bog‘liq karantin cheklovlari qayta ko‘rib chiqilayotganini aytgan. 

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bugungi kunda aksariyat mamlakatlar koronavirus infeksiyasini endemik kasallik sifatida tan olib, asosiy cheklovlarni, hatto, niqob taqish va COVID-19 pasportlarini bekor qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan. AQSHning 5 shtati COVID-19 ga qarshi kurashishning asosiy choralaridan biri – niqob taqishdan voz kechgan. Yevropa davlatlarida ham niqob taqishga bo‘lgan yondashuv bir muncha o‘zgargan. Jumladan, joriy yilning 25 yanvaridan Buyuk Britaniyada, 1 fevraldan Daniyada, 2 fevraldan Fransiyada majburiy niqob taqish bekor qilingan. 

Shu bilan birga, Ispaniyada 4 fevraldan, Shvetsiyada esa 9 fevraldan ochiq havoda niqob taqish bekor qilingan. Gollandiyada  Yevropa bo‘yicha eng qattiq cheklovlar mavjud. Shunga qaramay, bu davlat ham niqob taqishdan voz kechmoqda. Yevropa davlatlari aholi orasida emlanish darajasini oshirishni taklif etmoqda.

“Biz ham niqob taqishni yengillashtirish masalasini ko‘rib chiqishimiz lozim. Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, barcha viloyatlarda bo‘lganimizda amin bo‘ldikki, viloyatlarda hech kim niqob taqmayapti”, deydi Bosh vazir. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing