Tezkor: “Tonirovka” narxi qanchaga arzonlashishi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
28 iyun 2022
44403Joriy yilning 1 iyulidan boshlab avtomobilning orqa yon oynalarini qoraytirish to‘lovlari bekor qilinadi, ya’ni bepul bo‘ladi. Bu haqda bugun, 28 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Mirziyoyevga ko‘ra, old va orqa yon oynalarni to‘liq qoraytirish to‘lovlari 6 barobargacha arzonlashtiriladi. Shuningdek, ishlab chiqarilganiga 10 yildan ko‘p bo‘lmagan yengil mashinalarni majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi bekor bo‘ladi.
Endi, 10 yildan 15 yilgacha bo‘lgan yengil mashinalar – ikki yilda, 15 yildan ortiq bo‘lganlari esa bir yilda bir marta texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
"Bu hali boshlanishi. Men Prezident maslahatchilari, Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarga topshiriq berganman. Odamlarimizni qiynayotgan, ahamiyatini yo‘qotgan tartib va cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha Ishchi guruhi barcha yo‘nalishlarda muntazam ishlayapti. Joylardan tushgan asoslangan takliflar va yechimlar bo‘yicha doimiy tarzda xalqimizning foydasiga xizmat qiladigan qarorlar qabul qilib boriladi”, dedi Prezident yig‘ilish yakunida.
LiveBarchasi