Tezkor: Dollar va yevroning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi
Jamiyat
−
15 aprel 2020
16608O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 16 apreldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 121 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 427 so‘m 64 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 11 111 so‘m 85 tiyinga baholanib, 512,16 so‘mga qimmatlashdi.
Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 69 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Avvalroq, O‘zbekistondagi tijorat banklari dollar oldi-sotdisini 10 050–10 150 so‘m koridorida taklif qila boshlagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi