Tezkor: dezinfeksion tunnellar o‘rnatish taqiqlanmoqda
Jamiyat
−
16 Sentabr 2020
7557O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi bayoniga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asoslanib mamlakatda dezinfeksiya tunnellari taqiqlanmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi tezkor xabar berdi.
Bundan bir necha kun avval, SSV mutaxassislar fikriga asoslanib, dezinfeksion tunnellar foydasizligini aytib chiqqandi. Biroq, koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Rustam Ikromov SSVning taxminlarini rad etdi.
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Raziqova bunday tunnellaring inson organizmiga zararli tomonlari haqida shunday deydi:
“Dezinfeksiya chorasi sifatida xlorli eritmalardan foydalanishni dunyo davlatlari tajribadan o‘tkazishdi. Amerikalik ekspertlarning ta’kidlashicha, ko‘chalarni dezinfeksiya qilish va dezinfeksiya tunnellaridan keng foydalanish ko‘proq insonlarni vahimaga tushmasligi yoki ularni tinchlantirish maqsadida amalga oshirilgan. Va, shuni aytish lozimki, xanuzgacha buning samarasi isbotlanmagan.
Dezinfeksiya tunnellarida foydalaniladigan xlorli eritmalar tibbiyotda juda ko‘p yillardan beri ishlatiladi va uning inson organizmiga xatarli ta’siri juda kuchli”.
Qayd etilishicha, kun davomida ishlab turgan tunneldan bir kishi qayta-qayta o‘tishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Davomiy ishlatilgan har bir kimyoviy modda inson organizmida allergik holatlarni keltirib chiqaradi. Allergolok Ilmira Raziqova buning asoratlari o‘ta xavfli tus olib ketishidan ogohlantirmoqda.
Mutaxassisning aytishicha, bu yuqori nafas yo‘llarining yengil qizarishidan to yengil kuyishgacha bo‘lgan holatlarni chaqiradi. Buning natijasida insonda allergik rinit, konyuktivit, bronxit va hattoki og‘ir kasallik hisoblanuvchi – bronxial astmaga olib kelishi mumkin.
Voqealar tafsiloti bilan batafsil tanishtirib boriladi.
LiveBarchasi