“Tez yordam”da Damas'lardan voz kechiladi

Jamiyat

image

2022–2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, yil yakuniga qadar 10 mingta ko‘chaga nom berish ishlari yakunlanadi.

Mutasaddilar yil yakuniga qadar O‘zbekistonning elektron raqamli xaritasini ishga tushirib, barcha shoshilinch xizmatlar bilan integratsiya qilinadi. 

2022–2025 yillarda tez tibbiy yordam tizimidagi barcha Damas va boshqa eskirgan mashinalar zamonaviy avtomobillarga almashtiriladi.

Xususan, 2022 yilda 890 ta, 2023 yildan boshlab har yili 450 tadan yangi avtomobil, jumladan, reanimatsiya mashinalari olib beriladi. Barcha tez yordam transportlari navigatsiya tizimiga ulanadi.

Bu maqsadlar uchun tez tibbiy yordamga byudjetdan ajratilayotgan mablag‘larni ochiq-oshkora sarflash tizimini yaratish, iqtisod qilingan mablag‘larni transport parkini yangilashga yo‘naltirish zarur. 

Natijada kelgusi 3 yilda tez tibbiy yordam avtoparki to‘liq yangilanadi. Buning natijasida chaqiruvlarga yetib borish vaqti 3 barobarga qisqaradi.

“O‘zavtosanoat” oldiga joriy yilda olib berilishi lozim bo‘lgan mashinalarni o‘z vaqtida ishlab chiqarib, yetkazib berish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

188

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing