Tez tayyorlanuvchi ugradan zaharli moddalar topildi
Olam
−
04 Oktabr 2019
6057Rossiya, Koreya va Qozog‘istondagi 17 mashhur brendlar namunalarining birortasi sifat belgisiga munosib, deb topilmadi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" xabar bermoqda.
Har bir namuna 170 ko‘rsatkich bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.
Ba’zi brendlarning tez tayyorlanuvchi ugrasida o‘simlikni o‘stiruvchi regulyatorlar, pestitsidlar va mikotoksinlar izlari topilgan, bu fabrikalarda ishlatiladigan xomashyo ko‘ngildagidek nazorat qilinmasligini bildiradi.
Glumatat natriy qabul qilinganidan oz miqdorda. Iste’molchilarning ishlab chiqaruvchilar ugra tayyorlashda soyadan foydalanishadi, biroq bu qadoqlarda ko‘rsatilmaydi, degan taxminlari ham tasdig‘ini topmadi. Qaysi taomga soya qo‘shilgan bo‘lsa, bu qadoqdagi yorliqda keltirilgan.
12 ta brendning ugrasiga "Roskachestvo"ning o‘rnatgan standartlaridan ziyod tuz qo‘shilgani aniqlangan.
LiveBarchasi