Tez orada Yerga avtomobil kattaligidagi sun’iy yo‘ldosh qulaydi
Olam
−
19 iyul 2023
15493Besh yildan buyon Yer orbitasi bo‘ylab uchayotgan Aeolus shamol sun’iy yo‘ldoshi tez kunlarda Yerga qulashi mumkin. Bu haqda Yevropa Kosmik Agentligi (YeKA) o‘zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Aeolus sun’iy yo‘ldoshi tadqiqot missiyasi va yangi texnologiyalarni namoyish qilish uchun ishlab chiqilgan bo‘lsada, shu qadar muvaffaqiyatli bo‘ldiki, Yevropaning yetakchi meteorologiya markazlariga ma’lumotlarni taqdim etib, global ob-havo prognozlarini sezilarli darajada yaxshiladi.
Hozirda sun’iy yo‘ldosh kuniga taxminan 1 km qulab tushmoqda va uning tushishi kun sayin tezlashyapti. Kemaning koinotga uchirilganiga 5 yil bo‘ldi va bu belgilangan muddatdan ancha ko‘p. Lekin Aeolus’ning yoqilg‘i zaxirasi deyarli tugagan. Endi tortishish kuchi va Yer atmosferasi 1,3 tonnalik yo‘ldoshni 320 km balandlikdan pastga tortmoqda.
Yo‘ldoshning katta qismi 80 km balandlikka yetganda yonib keta boshlaydi, ammo bir nechta bo‘lagi yergacha yetib kelishi mumkin. Agentlik kemaning yerga qulash vaqtida Germaniyadagi kosmik operatsiyalar markazidan turib yo‘ldoshni boshqarish uchun qolgan yoqilg‘idan foydalanishni rejalashtiryapti.
"Bizning muhandis va mutaxassislarimiz Aeolus’ga yordam berish uchun bir qator operatsiyalarni ishlab chiqdi va uning yerga qaytishini xavfsizlantirishga harakat qilyapti", dedi Aeolus parvoz direktori Isabel Rojo.
Aeolus Yer atmosferasiga qachon kirishini aniq aytish qiyin. Ko‘p narsa quyosh faolligiga bog‘liq. Quyosh chaqnashlari jarayonni tezlashtirishi mumkin. Kosmik ob-havoda zaryadlangan zarralar Yer atmosferasini isitadi. Bu pastdagi zichroq havoning ko‘tarilishiga olib keladi, bu esa Aeolus`dagi atmosferaning tortishish kuchini oshiradi. Aksincha, quyosh faolligining nisbatan tinch davri Aeolus`ning qulash vaqtini biroz kechiktirishi mumkin.
“Biz hozir va kelajakda kosmik xavfsizlik va barqarorlik uchun yangi standartni o‘rnatadigan ushbu sa’y-harakatlar bilan muvaffaqiyatga erishishimiz mumkinligiga aminmiz”, dedi missiya menejeri Tommaso Parrinello.
Eslatib o‘tamiz, G‘arbiy Avstraliyaning Pert shahridan 250 km uzoqlikda joylashgan Green Head sohilidan noma’lum kosmik ob’ekt topildi.
Sevara Husniddinova