Testlarda nazoratchilarning tushlik va kunlik ish haqi qanchaligi aytildi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari start oldi. Kirish imtihonlari 14 kun davom etadi. 

Bu davr mobaynida test topshiruvchilarga nazoratchi sifatida 3700 dan ortiq kishi jalb etilgan. Ularning har biriga test sinovlari o‘tgan kunning ertasigayoq 225 ming so‘mdan pul mablag‘lari to‘lab beriladi. Bu haqda Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.

“Har bir guruh nazoratchisi uchun 225 000 so‘mdan pul mablag‘lari test sinovlari o‘tkazilgan kunning ertasiga to‘lab beriladi. Har bir nazoratchi va Davlat test markazi xodimlari uchun test jarayonlarida tushlik uchun 35 000 - 40 000 so‘mdan pul ajratilgan. Ba’zi viloyatlarda tushlik uchun ajratilgan pullar 25 000-30 000 etib belgilangan. Bir kunda jami 4 000 dan ortiq xodim uchun tushlik pullari ajratilgan”, deydi Barno Rajabov.

Rajabovga so‘zlariga ko‘ra, test sinovlarida nazoratchilarning soni qo‘shimcha tarzda shakllantirilgan. Test sinovlarini televidniye va “TEST-2020” saytlari orqali onlayn kuzatish imkoni yaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun o‘tgan testlarning 1-smenasida jami 37 nafar abituriyent imtihondan chetlashtirilgan. 1 kishi tana harorati yuqoriligi sabab testga kiritilmagan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing