Test sinovlarining o‘n beshinchi kuni

Jamiyat

image

Bugun, 13 avgust 1-smena test sinovlari haqida ma’lumot berildi.

Respublika bo‘yicha 8 ta hududda 1-smenadagi test sinovlari bir vaqtda soat 08:00 da boshlandi.

Tyest sinovlarida birinchi smenada jami 13 ming 867 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan:

- 13 ming 495 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etmoqda;

- 371 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi;

- 1 nafar abituriyent tartib-qoidalarni buzganligi sababli hududga kirish joyida test sinovlaridan chetlashtirildi.

Tyest sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon,  Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Jizzax, Navoiy, Samarqand viloyatlarida o‘tkazilyapti.

Ro‘yxatda yo‘q viloyatlarda test jarayonlari nihoyasiga yetgan. Boshqa hududlarda test sinovlari 15 avgustgacha davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing