Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

•    Stadion yoki xiyobonning rasmi;
•    Hududga kirish joylari;
•    Stadion yoki xiyobon nomi;
•    Stadion yoki xiyobon manzili;
•    Sektor raqami;
•    Test topshiradigan guruhlar;
•    Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin:
dtm.uz/page/maydon_2021

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

112

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing