Tesla Yevropada o‘z biznesini kengaytiradi
Texnologiya
−
25 noyabr 2020
2817Elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi Yevropada o‘z biznesini kengaytirish niyatida. Bu haqda amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask Germaniya tomonidan tashkil qilingan onlayn-konferensiyada ma’lum qilgan.
“Yevropada ixcham avtomobil ishlab chiqarish mantiqqa to‘g‘ri keladi. Masalan, xetchbek yoki shunga o‘xshash boshqa narsa”, degan Mask.
Hozirda Kaliforniya avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi to‘rtta avtomobil modelini sotmoqda. Ular orasida o‘rtacha hajmdagi Model 3 va Model Y ham bor.
Shuningdek, Tesla global miqyosdagi bozorga ikki yil ichida o‘zining yangi Cybertruck elektr yuk mashinasini olib kirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, Tesla rahbari Ilon Mask “Bloomberg” talqiniga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi