Tesla’ning Shanxaydagi bo‘limi yanvar oyida ishlab chiqarishni qisqartiradi

Olam

image

Tesla elektromobillar kompaniyasi yanvar oyi uchun Shanxaydagi zavodda qisqartirilgan ishlab chiqarish jadvalini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Ishlab chiqarishning ichki jadvaliga ko‘ra, 20 yanvardan 31 yanvargacha elektromobillarni ishlab chiqarish to‘xtatiladi. Avtomobillar ishlab chiqarish jarayonining nega to‘xtatilishi ochiqlanmagan bo‘lsada, mutaxasislar bunga bir nechta sabablar borligini ta’kidlamoqda.

Dunyoning eng yirik avtomobil bozori bo‘lgan Xitoy dekabrning dastlabki haftalarida mashinaga bo‘lgan talabning keskin pasayishi holatida bo‘ldi. Shu munosabat bilan Tesla elektromobilni xarid qilgan mijozlar uchun qo‘shimcha sovg‘alar taqdim qildi. Shuningdek, Model 3 va Model Y avtomobillarining narxlari ham 9 foizgacha pasaytirilgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Tesla’ning Xitoyda 1 dekabrdan 25 dekabrgacha bo‘lgan o‘rtacha kunlik savdosi 36533 ta natija orqali o‘tgan yilga nisbatan 28 foizga kamaygan. Shuningdek, Tesla aksiyalari 5,8% – 116 dollarga tushib ketdi. Oktyabr oyi boshidan beri aksiyalar 56 foizga arzonlashgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing