Tesla eng mashhur elektromobilni ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Texnologiya

image

Amerikalik Tesla avtomobillari ishlab chiqaruvchisi Kaliforniyadagi zavodida o‘zining eng mashhur modeli – “Model 3” ning chiqarilishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda “Bloomberg” o‘zining manbalariga asoslanib yozmoqda.

Elektromobillar joriy yilnig 22 fevralidan 7 martigacha yig‘ilmaydi. Kompaniya xodimlarga 22 va 23 fevral kunlari uchun ish haqi to‘lashini aytdi, ammo 28 fevral va 1-3 mart kunlari uchun ta’til olishni maslahat bergan. Yangiliklar fonida kompaniya aksiyalari premarketda 3,4 foizga pasayib, har bir aksiya uchun 716,6 dollarni tashkil etgan.

22 fevral, dushanba kuni Tesla aksiyalari 2020 yil sentyabridan boshlab 8,6 foizga pasayib, rekord pasayishni qayd etdi. Qimmatli qog‘ozlar qiymatining pasayishi, boshqa narsalar qatori, kompaniya rahbari Ilon Maskning bir necha kun oldin Bitkoin va Ethereum kripto-valyutalarining stavkalari yuqori ko‘rinishga ega ekanligini yozgan tvitlari bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

244

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing