Termizda o‘quvchi qizning zo‘rlanishi bo‘yicha prokuratura munosabat bildirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Termizda o‘quvchi qiz zo‘rlangani, holat bo‘yicha IIB 14 oydan beri chora ko‘rmayotgani haqida xabar bergan edik. Surxondaryo viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, Termiz shahar prokurori tomonidan ushbu jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qaror joriy yilning 5 aprel kuni bekor qilingan va qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazish uchun Termiz shahar IIB Tergov guruhiga yuborilgan.   

Holat bo‘yicha sudga oid qayta komission tibbiyot ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markaziga yuborilgan.

Gap shundaki, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida B.E. ismli shaxs 2020 yilning yanvar oyida 16 yoshli voyaga yetmagan (maktab o‘quvchisi) qizning ojizligidan foydalanib, nomusiga tekkan.

Qayd etilishicha, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan qariyb 14 oydan beri Termiz shahar IIO FMB tomonidan qonuniy choralar ko‘rilmay kelinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi qizning ota-onasi adolatni qaror toptirish, jinoyatni amalga oshirgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab bir yildan beri Termiz shahar IIO FMBga va boshqa ma’muriy idoralarga qilgan barcha murojaatlari e’tiborsiz qodirilgan. Ayniqsa, Termiz shahar IIO FMB tomonidan mazkur voqea bo‘yicha sifatsiz tekshirishlar o‘tkazilganligi, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorlar qabul qilganligi hamda jinoyatni amalga oshirgan shaxsning do‘stlari Termiz shahar IIO FMBda faoliyat yuritishi, shu sababli ish bosti-bosti qilib kelinayotgani ota-onaning so‘nggi chora sifatida Senatga murojaat qilishiga sabab bo‘lgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

489

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing